O'rtoqlik o'yini. Rossiya kambek evaziga O'zbekistonni mag'lub etdi

admin
12 noya 2026, 22:00
O'zbekiston hamda Rossiya o'rtasidagi o'rtoqlik bahsi yakunlandi.

O'rtoqlik uchrashuvi

O'zbekiston – Rossiya 2:3

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00

Bosh hakam: Sadullo Gulmurodi
Yordamchi hakamlar: Hasan Karimov, Farhod Quralov
Zaxira hakami: Rinat Serazitdinov
Nazoratchi: Bahodir Qo'chqorov
Komissar: Adelya Kurmaeva

Gollar: 1:0 – 4, Viktor Melyoxin (avtogol); 2:0 – 46, Behruz Karimov (Dostonbek Hamdamov); 2:1 – 70, Nikolay Komlichenko (Kirill Danilov); 2:2 – 75, Nikolay Komlichenko; 2:3 – 79, Aleksey Miranchuk (Danil Krugovoy)

O'zbekiston: 1. Vladimir Nazarov, 4. Behruz Karimov (15. G'iyosjon Rizaqulov, 89), 6. Akmal Mozgovoy, 10. Azizjon G'aniev (24. Diyor Xolmatov, 62), 14. Eldor Shomurodov (21. Husayn Norchaev, 80), 17. Dostonbek Hamdamov (19. Ruslanbek Jiyanov, 62), 22. Abbosbek Fayzullayev (20. Aziz Amonov, 80), 23. Sherzod Esanov (7. Umarali Rahmonaliev, 89), 25. Mahmud Mahamadjonov (2. Dilshodbek Murtazaev, 80), 26. Jahongir O'rozov, 27. Muhammadrasul Abdumajidov.

Zaxira: 12. Abduvohid Ne'matov, 16. Edem Nemanov, 5. Rustamjon Ashurmatov, 8. Jasurbek Jaloliddinov, 9. Abrorbek Ismoilov, 11. Aziz Xolmurodov, 13. Nodir Abdurazzoqov, 18. Behruz O'ktamov

Rossiya: 39. Matvey Safonov, 4. Danil Krugovoy (22. Mingiyan Beveev, 90+1), 8. Lechi Sadulaev (59. Aleksey Miranchuk, 66), 10. Konstantin Tyukavin (7. Nikolay Komlichenko, 66), 14. Viktor Melyoxin, 21. Yaroslav Gladishev (11. Kirill Glebov, 66), 24. Aleksandr Silyanov (5. Kirill Danilov, 46), 27. Ivan Oblyakov (9. Aleksey Mironov, 66), 30. Ilya Vaxaniya (23. Andrey Langovich, 76), 31. Matvey Kislyak (15. Danil Glebov, 76), 83. Aleksey Batrakov (25. Danil Prucev, 90+1)

Zaxira: 1. Stanislav Agkacev, 12. Maksim Borisko, 2. Turpal-Ali Ibishev, 3. Evgeniy Morozov, 19. Artyom Karpukas

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy (16), Ilya Vaxaniya (19), Sherzod Esanov (65)

90+5'. Bosh hakamning final hushtagi yangradi. Uchrashuv yakunlandi. Hisob – 2–3.

O'zbekiston terma jamoasi ikkinchi bo'lim boshida 2–0 hisobida oldinda borayotib, bahs yakunida o'tkazib yuborilgan uchta gol evaziga Rossiya terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi.

🔄 90+1'. Rossiya terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish: Danil Krugovoy o'rniga Mingiyan Beveev, Aleksey Batrakov o'rniga esa Danil Prucev maydonga tushdi.

90'. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 89'. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish: Sherzod Esanov o'rniga Umarali Rahmonaliev, Behruz Karimov o'rniga esa G'iyosjon Rizaqulov maydonga tushdi.

87'. Husayn Norchaevning darvoza tomon yo'llagan zarbasini Matvey Safonov egallab oldi.

🔄 80'. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida uchta o'zgarish: Mahmud Mahamadjonov o'rniga Dilshodbek Murtazaev, Eldor Shomurodov o'rniga Husayn Norchaev, Abbosbek Fayzullayev o'rniga esa Aziz Amonov maydonga tushdi.

⚽️ 79'. GOL! Danil Krugovoy chap qanotdan jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi, Aleksey Miranchuk esa jarima maydoni markazidan pastki burchakni aniq nishonga oldi. Uning atrofida bir necha o'zbekistonlik futbolchi bo'lishiga qaramay, zarba berishga imkon berib qo'yishdi. Hisob – 2–3.

🔄 76'. Rossiya terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish: Ilya Vaxaniya o'rniga Andrey Langovich, Matvey Kislyak o'rniga esa Danil Glebov maydonga tushdi.

⚽️ 75'. GOL! Ruslanbek Jiyanov va Vladimir Nazarov bir-birini tushunishda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, natijada Nikolay Komlichenko bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'lladi. Hisob – 2–2.

⚽️ 70'. GOL! Muhammadrasul Abdumajidov yuqoridan kelayotgan to'pni o'tkazib yubordi, natijada Nikolay Komlichenko jarima maydoniga kirib, chap oyoqda darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi. Hisob – 2–1.

🔄 66'. Rossiya terma jamoasi tarkibida to'rtta o'zgarish: Yaroslav Gladishev o'rniga Kirill Glebov, Ivan Oblyakov o'rniga Aleksey Mironov, Lechi Sadulaev o'rniga Aleksey Miranchuk, Konstantin Tyukavin o'rniga esa Nikolay Komlichenko maydonga tushdi.

🟨 65'. Sherzod Esanov sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

64'. Konstantin Tyukavin o'ng oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi.

🔄 62'. O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ikkita o'zgarish: Azizjon G'aniev o'rniga Diyor Xolmatov, Dostonbek Hamdamov o'rniga esa Ruslanbek Jiyanov maydonga tushdi.

59'. Dostonbek Hamdamov o'ng oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, Matvey Safonov to'pni egallab oldi.

⚠️ 57'. Xavfli vaziyat! Ilya Vaxaniya jarima maydoniga kirib, darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq Vladimir Nazarov seyv amalga oshirdi.

50'. Ilya Vaxaniya chap oyoqda kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi.

⚽️ 46'. GOOOOOOL! O'zbekiston terma jamoasining chap qanotdan aut tashlash orqali boshlangan hujumi gol bilan yakunlandi. Dostonbek Hamdamovning uzatmasidan so'ng Behruz Karimov dastlab zarba bermay raqiblarini chalg'itdi, so'ngra pastlatib uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi! Hisob – 2–0.

46'. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Bosh hakamning hushtagi yangradi va jamoalar bahsni davom ettirishmoqda. Rossiya terma jamoasi tarkibida o'zgarish: Aleksandr Silyanov o'rniga Kirill Danilov maydonga tushdi.

45+1'. Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Hisob – 1–0.

45'. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 1 daqiqa qo'shib berildi.

45'. Behruz Karimov olis masofadan darvoza tomon zarba yo'lladi, Matvey Safonov to'pni egallab oldi.

38'. Maydon holati savollar uyg'otmoqda, futbolchilar tez-tez sirpanib ketishmoqda.

31'. Eldor Shomurodov chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq to'p noaniq ketdi.

⚠️ 27'. Xavfli vaziyat! Ivan Oblyakov chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi.

24'. Aleksey Batrakovning darvoza tomon yo'llagan zarbasi ustun yonidan o'tib ketdi.

⚠️ 21'. Xavfli vaziyat! Konstantin Tyukavin jarima maydoni ichidan o'ng oyoqda darvozaning uzoq pastki burchagi tomon zarba yo'lladi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi.

🟨 19'. Ilya Vaxaniya Abbosbek Fayzullayevga nisbatan qoidabuzarlik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

🟨 16'. Akmal Mozgovoy qoidabuzarlik ishlatgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

12'. Lechi Sadulaev jarima maydoni ichidan darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq Vladimir Nazarov to'pni ishonchli tarzda egallab oldi.

⚽️ 5'. GOOOOOOL! Aziz G'anievning burchakdan uzatgan to'pi Viktor Melyoxinning oyog'iga tegib, darvoza to'ridan joy oldi – avtogol! Hisob ochildi: 1–0.

2'. O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari to'p uzatishda xatoga yo'l qo'yishdi. Bundan foydalangan Sadulaev chap oyoqda darvoza tomon zarba yo'lladi, biroq Vladimir Nazarov to'pni egallab oldi.

1'. Uchrashuv boshlandi! Bosh hakam Gulmurodi Sadulloning hushtagi yangradi va bahsga start berildi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugungi bahsda O'zbekiston terma jamoasi oq, Rossiya terma jamoasi esa qizil liboslarda harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia