

Rossiyaning “Forbes” nashri hisob-kitoblariga ko'ra, Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida o'tkaziladigan bahsga 30 mingdan ortiq chipta sotilgan. 35 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadionda anshlag kutilmoqda.
Uchrashuv chiptalari narxi 75 mingdan 1 million so'mgacha belgilangan.
Nashrning taxminiy hisob-kitobiga ko'ra, 30 mingta chipta sotilganda umumiy tushum 16,6 milliard so'mni tashkil etadi. Stadiondagi barcha 35 mingta o'rin sotilgan taqdirda esa bu ko'rsatkich 19,4 milliard so'mga yetishi mumkin.
Taqqoslash uchun, 2022 yildagi O'zbekiston – Rossiya uchrashuviga taxminan 14 ming tomoshabin tashrif buyurgan edi.
Eslatib o'tamiz, jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 12 noyabr kuni soat 20:00 da boshlanadi.



