2:0 dan 2:3 gacha: Rossiyadan aql bovar qilmas kambek!

admin
13 noya 2026, 12:40
Ikki davlat, ikki terma jamoa va haqiqiy futbol dramasiga aylangan bitta o'yin!

O'zbekiston "Paxtakor" stadionida Rossiyani qabul qildi.

Mezbonlar o'yinni faol boshlab, o'z so'zlarini aytishdi. 5-daqiqadayoq burchak zarbasidan so'ng Viktor Melyoxin to'pni o'z darvozasiga kiritib yubordi - 1:0!

2.jpg

Birinchi bo'lim keskin kurashlar ostida o'tdi. Rossiya hisobni tenglashtirish yo'llarini izladi, O'zbekiston esa ustunlikni mustahkamlashga harakat qildi. Biroq jamoalar tanaffusga 1:0 hisobida yo'l olishdi.

Tanaffusdan so'ng O'zbekiston darhol ikkinchi golni urdi. 47-daqiqada Behruz Karimov farqni oshirdi - 2:0!

G'alaba yaqindek tuyulgandi, ammo Rossiya o'yinni butunlay o'zgartirib yubordi. 69 va 76-daqiqalarda Nikolay Komlichenko gollar urib, dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, 79-daqiqada Aleksey Miranchuk mehmonlarning uchinchi to'pini kiritdi.

Final hushtagi! 2:3 - Rossiya terma jamoasi g'alabani ilib ketdi!

Ikki to'p farqi bilan oldinda borishdan mag'lubiyatgacha. "Paxtakor"da haqiqiy futbol dramasi yuz berdi...

Shahzoda Tojieva

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Championat.asia