O'zbekiston terma jamoasi Rossiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng FIFA reytingida ikki pog'ona pastladi

Оқил Абдубарноев
13 noya 2026, 12:18
O'zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidagi mag'lubiyatdan (2:3) so'ng FIFAning jonli reytingida ikki pog'ona pastladi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi jamoa 3,86 reyting ochkosini yo'qotib, 59-o'rindan 61-pog'onaga tushgan. O'zbekistonning umumiy ochkolari 1412,75 tani tashkil etmoqda.

Rossiya terma jamoasi esa g'alaba evaziga 3,86 ochko qo'shib oldi. Valeriy Karpin shogirdlari 1541,31 ochko bilan 35-o'rinda qolgan.

Eslatib o'tamiz, 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan uchrashuvda O'zbekiston 2:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, Rossiyaga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 17 noyabr kuni Dohada Saudiya Arabistoniga qarshi o'tkazadi.

Qayd etish joiz, bu hozircha jonli reytingdagi o'zgarishlardir. FIFAning navbatdagi rasmiy reytingi 18 noyabr kuni e'lon qilinadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: fifa.com