

"O'yin ancha qiziq bo'ldi. Muxlislarga maqul keladigan uchrashuv bo'ldi deb o'ylayman. Uchrashuvni yaxshi boshlangandik, ammo 70-daqiqalardan so'ng o'yinimizda qandaydir o'zgarish bo'ldi va bu bizga pand berdi".
Mag'lubiyatga qaramay, bu o'yindan qanday ijobiy xulosa chiqarish mumkin?
Hozir jamoamizga yangi bolalar kelib qo'shildi. Bu o'rtoqlik o'yinida asosiy ko'zlangan natija chiqmasa ham, lekin bir-birini ko'proq tushunishni boshlayapmiz. Bu o'yinda ham ko'rinmoqda deb umid qilaman va biz yanada ko'proq ishlashimiz lozim.
10 daqiqa ichida o'yin natijasi o'zgarib ketdi. Ana shu 10 daqiqada sodir bo'lgan vaziyatga, gollarga qanday izoh bera olasiz?
Menimcha, ko'p orqaga "yotib oldik". Chunki birinchi bo'limda, ikkinchi bo'lim boshida oldinda o'ynayotgan paytimiz ularda unaqa vaziyat bo'lmayotgan edi. Nimagadir bir pastga tushib ketdik, o'sha vaziyatdan ular foydalanib ketdi. Bu baribir o'zimizning xatomiz. Ortda o'ynash kerakligini hech kim bizga aytmadi, negadir butun jamoa orqaga yotib oldik. Bu bir kishining xatosi emas. Mana shunaqa xatolardan xulosa chiqarish kerak bo'ladi.



