"Neftchi" lageridan daraklar: "Olimpik"dan 2 nafar futbolchi keldi, Shahzod Ubaydullaev safga qaytdi

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022
Jamoa ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

"Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabi yozgi davralar oralig'ida reja asosida yig'in o'tkazmoqda.

Poytaxtimizdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 24 iyulgacha o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Mazkur yig'in davomida farg'onaliklar 4 ta nazorat-sinov bahsi o'tkazishni rejalashtirishgan. Mazkur o'rtoqlik o'yinlari 13, 17, 21 va  25 iyul kunlari bo'lib o'tadi, jumladan, 13 iyul kuni  Pro liga vakili "Yangier-Quruvchi" klubiga qarshi maydonga tushishadi.

Tarkibdagi o'zgarishlar ham jamoa muxlislarini qiziqtirishi turgan gap, jamoaga xozirgi kunda "Olimpik" klubida to'p tepib kelgan o'yinchilar – himoyachi Sardorbek Mahmudov va yarim himoyachi Xumoyun Sherbo'taev mashg'ulotlarida ko'rinish berdi. Bundan tashqari, hujumchisi Shahzod Ubaydullaev ham kichik jarohatdan so'ng safga qaytgan. O'quv-yig'in mashg'ulotlari davom etmoqda", – deyiladi "Neftchi" matbuot xizmati bergan xabarda.

"Yangier-quruvchi" Toshkentda "Neftchi"ga qarshi o'ynaydi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати