MYU yana bir hujumchisini sotishga tayyor. Unga A Seriyadan takliflar bor

Khoja
21 iyul 2025, 10:19
“Manchester Yunayted“ hujumchisi Rasmus Xeylund faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

23 yoshli hujumchiga “Yuventus“ va “Milan“ qiziqish bildirmoqda. MYU o'z futbolchisini 45 million evroga baholagan.

Ma'lumot uchun, “qizil iblislar“ Rasmus Xeylundni 2023 yilda 75 million evroga sotib olgandi.

Futbolchi o'tgan mavsum APLda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishgan.


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru