MYU 100 000 kishilik stadion uchun er sotib oldi

22 iyun 2026, 19:30
"Manchester Yunayted" 100 ming tomoshabinga mo'ljallangan yangi stadion barpo etish uchun er maydoni sotib olinganini e'lon qildi.

MYU 100 000 o'rinli yangi stadion qurilishi uchun zarur bo'lgan erning katta qismini xarid qildi.

Klub amaldagi stadiondan taxminan 350 metr shimoli-g'arbda joylashgan 25 akr (101 171 kv. m) maydonga ega er uchastkasini sanoat maydonlari etkazib beruvchi yetakchi kompaniya hamda "Blackstone" portfeligadan sotib oldi.

"Maydoni 370 akr (1 497 336 kv. m) bo'lgan hududni qayta qurish loyihasi doirasida taxminan 15 000 ta yangi xonadon barpo etilishi, jami 130 mingta yangi ish o'rinlari yaratilishi, shuningdek, Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga 7 milliard funt sterlingdan ziyod daromad keltirilishi kutilmoqda", - deyiladi MYU bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://www.instagram.com/manutd/