"Manchester Yunayted" Reshfordni "Man Siti" va "Liverpul"dan tashqari, APLning istalgan klubiga 40 million funtga sotishga tayyor

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2026, 00:56
"Manchester Yunayted" Reshfordni 40 million funtga sotishga tayyor.

"ESPN" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" Markus Reshfordni 40 million funt evaziga sotishga tayyor. Manbaga ko'ra, "MYU" 28 yoshli hujumchini APLning boshqa klubiga qo'yib yuborishga tayyor, ammo uni "Liverpul" yoki "Manchester Siti"ga sotish imkoniyatini istisno qiladi – ushbu klublar uchun so'ralayotgan summa amal qilmaydi. Takidlanishicha, Reshford 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi oxirigacha "Manchester Yunayted"da qolishni afzal ko'radi. Avvalroq, Reshford o'tgan mavsumni ijara asosida o'tkazgan "Barselona" hujumchini 30 million evroga sotib olish opciyasini faollashtirishdan bosh tortgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN