"Manchester Yunayted" AQSH terma jamoasi yarim himoyachisini nishonga oldi

14 iyun 2026, 16:22
"Manchester Yunayted" AQSH terma jamoasi va "Bornmut" yarim himoyachisi Tayler Adamsga qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" 27 yoshli futbolchining o'yinini yuqori baholadi. Klub tahlilchilarining takidlashicha, bazi jihatlarda Adamsning statistik ko'rsatkichlari "Oltin to'p" sohibi Rodrining ko'rsatkichlari bilan taqqoslanadi yoki hatto undan ustun turadi.

Adams o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda qatnashib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail