"Mundial Allplay bilan": O'zbekistonning ilk turdagi raqibi Kolumbiya haqida nimalarni bilish kerak?

17 iyun 2026, 13:01
Kolumbiya terma jamoasining hozirgi tarkibida 2014 va 2018 yilgi jahon chempionatlaridan yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar hali ham asosiy o'zakni tashkil etadi. Ularning ayrimlari uchinchi mundialida ishtirok etmoqda.

Ularga Jeyms Rodriges yetakchilik qilmoqda va u hamon jamoaning muhim figurasi bo'lib qolmoqda. Kolumbiyaning 4-2-3-1 sxemasi aynan uning o'ninchi raqam poziciyasi atrofida qurilgan. Qanotlarda ham kuchli yordam bor. Luis Dias jamoaning asosiy gol manbalaridan biriga aylangan, ammo u terma jamoada Bavariyadagi kabi yorqin o'yin namoyish etayotgani yo'q.

Kolumbiya bu jahon chempionatiga serqirra va notekkis saralash bosqichidan keyin yetib keldi. Saralash davomida Braziliya ustidan 2:1 hisobidagi g'alaba yoki 2024 yilgi Amerika kubogi finalidagi mag'lubiyat uchun Argentinadan olingan revansh kabi yorqin lahzalar bo'ldi. 

Biroq shundan keyin Boliviyadan 0:1 hisobidagi mag'lubiyat keldi va bu olti o'yinlik g'alabasiz seriya boshlanishiga sabab bo'lib, jamoaning mundialga chiqish imkoniyatlarini xavf ostida qoldirdi. Yakunda Boliviya va Venesuela ustidan qozonilgan yirik g'alabalar Kolumbiyaga yo'llanmani taminlab berdi.

Mart oyida Xorvatiya va Fransiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlaridagi omadsiz natijalardan keyin jamoa haqidagi shubhalar saqlanib qolmoqda. Biroq bosh murabbiy, 60 yoshli Nestor Lorenso optimizmni yo'qotmagan.

Murabbiy

Nestor Lorenso faoliyatidagi beshinchi jahon chempionatida ilk bor bosh murabbiy sifatida jamoani boshqaradi. U 1990 yilgi mundialda Argentina terma jamoasi safida o'ynagan. Shuningdek, Xose Pekerman yordamchisi sifatida 2006 yilda Argentina, 2014 va 2018 yillarda esa Kolumbiya terma jamoalarida ishlagan.

Xose men uchun xuddi otadek inson bo'lgan, - degan Lorenso. - Murabbiylik licenziyasini endigina olgan paytimda u meni milliy jamoa shtabiga taklif qilgandi. U meni kichikligimdan biladi. Deyarli har doim murabbiy sifatida tanirdi, ammo u meni “Argentinos”ning zaxira jamoasida ham shug'ullantirgan.

gettyimages-2281338864-2048x2048.jpg

Kolumbiyadan tashqari Lorenso mustaqil ravishda faqat Peruning Melgar (Arekipa) klubini boshqargan. Ammo bu sobiq Suindon himoyachisiga yaxshi natijalar ko'rsatishga to'sqinlik qilmadi.

Asosiy yulduz

Luis Dias 2018 yildan keyin terma jamoada paydo bo'ldi va Kolumbiyaning eng muhim futbolchisiga aylanish uchun ma'lum vaqt kutdi. U 2021 yil Braziliyada o'tgan Amerika kubogida to'rtta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'lib, Kolumbiyani yarim finalga olib chiqqanidan keyin keng ommaga tanildi.

Hozir 29 yoshda bo'lgan sobiq Liverpul vingeri ancha etuklashdi va bu mavsum Bavariya safida ajoyib o'yin namoyish etdi.

gettyimages-2281594235-2048x2048.jpg

Bizda ajoyib terma jamoa, ajoyib tarkib va ajoyib murabbiylar borligini bilaman. Saralash bosqichi biz uchun yaxshi o'tdi, chunki juda katta natijalar qayd etdik, - dedi Dias ESPN'ga.

Kimni kuzatish kerak?

Andres Gomes Kolumbiya terma jamoasida hali ko'p o'yin o'tkazmagan bo'lsa-da, o'zini tezda ko'rsata oldi. U 2023 yil dekabridagi debyutida Meksikaga qarshi o'yinda g'alaba golini urdi. Keyin Urugvay maydonida kechgan bahsda hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi, garchi Kolumbiya o'sha uchrashuvda mag'lub bo'lgan bo'lsa ham.

Vasko da Gama hujumchisi kechroq ochilgan futbolchilardan sanaladi, ammo 24 yoshida u endi Jon Arias yoki hatto Luis Diasga munosib raqobatchi bo'lish darajasiga etgan.

gettyimages-2281593744-2048x2048.jpg

Uning bolaligi og'ir kechgan.

Bolaligimda bazi do'stlarimning o'ldirilganini ko'rdim, boshqalari esa noto'g'ri yo'lga kirib ketdi. Ammo butun oilamiz har doim futbol bilan yashagan, - degan u Chocó 7 Días nashrida.

Ko'pchilik e'tiboridan chetda qoladigan qahramon

Kolumbiya o'yiniga muvozanat bag'ishlaydigan futbolchi - Jefferson Lerma. U mamlakatning yirik klublari akademiyalaridan chiqmagan. Yevropaga yo'lni u kamtarona Atletiko Uila klubidan boshlagan.

Xose Pekerman uni 2018 yilgi jahon chempionati uchun terma jamoaga chaqirganda bu kutilmagan qaror bo'lgan, chunki Lerma saralash bosqichida qatnashmagan edi.

gettyimages-2281594064-2048x2048.jpg

Hozirda Kristal Pelas yarim himoyachisi Richard Rios bilan birga markazdagi aniq asosiy futbolchi hisoblanadi. Benfika vakili yorqin harakatlar va ijodkorlik uchun javob bersa, Lermaning vazifasi bo'sh hududlarni yopish va ko'zga tashlanmaydigan og'ir ishlarni bajarishdan iborat.

Taxminiy asosiy tarkib

4-2-3-1: Vargas; Munos, Sanches, Lukumi, Moxika; Rios, Lerma; Jon Arias, Jeyms Rodriges, Luis Dias; Suares.

 "JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul"

Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia