Portugaliya yetakchilaridan biri Kongo DRga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2026, 14:42
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash Jahon chempionati 1-tur doirasida Kongo DRga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

Bu haqda bosh murabbiy Roberto Martines matbuot anjumanida aytib o'tdi.

"Ruben Diash ertangi o'yinga 100 foiz tayyor emas. Shuning uchun u maydonga tusha olmaydi va hozir tavakkal qiladigan vaqt emas. U yakka tartibda shug'ullanmoqda va tiklanish jarayonini davom ettirgani maqul. Qolgan barcha jarayonlar ijobiy holatda", dedi 52 yoshli mutaxassis.

"Manchester Siti" himoyachisining 2-turda O'zbekistonga qarshi o'yinda ishtirok etish-etmasligi ham so'roq ostida turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FIFA