

Tomas Myuller ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Lionel Messiga bag'ishlangan post qoldirdi. Argentina terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 1-turida Jazoirga qarshi o'yinda (3:0) xet-trik qayd etdi. Lionel shu orqali Jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo'yicha germaniyalik Miroslav Klozening rekordini takrorladi.
"Vankuver Uaytkeps"ning germaniyalik yarim himoyachisi MLS chempionatidagi o'yin oldidan Messi bilan qo'l berib ko'rishayotgan suratini joylashtirdi. "Bu yigit… 🐐", - deb yozdi Myuller surat ostiga va uni olqishlovchi animaciya bilan boyitdi. Echki (inglizcha "goat") emodzisi "barcha davrlarning eng buyuk [o'yinchisi]" manosini anglatuvchi GOAT akronimi o'rnida ishlatiladi.



