

U mundiallar tarixida eng ko'p turli raqiblar darvozasini ishg'ol qilgan futbolchiga aylandi.
Messi oltita Jahon chempionatida jami 11 ta terma jamoa darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shu tariqa, u Krishtianu Ronaldu, Yurgen Klinsmann va Miroslav Klozeni ortda qoldirdi – ularning hisobida 10 ta turli terma jamoaga urilgan gollar bor.
Eslatib o'tamiz, Messi Jahon chempionatlaridagi gollari soni bo'yicha Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Klozega yetib oldi – endi futbolchi hisobida 16 ta gol mavjud bo'lib, bu Jahon chempionatlari doirasida urilgan gollar bo'yicha tarixiy rekordning takrorlanishidir.



