Iordaniya murabbiyi Sellami 1:3 hisobidan so'ng: "Biz Avstriyani mag'lub eta olmadik, chunki raqib safida "Real" va "Bavariya" o'yinchilari bor"

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2026, 15:05
Iordaniya bosh murabbiyi Avstriyadan uchralgan 1:3 hisobidagi mag'lubiyat haqida: ularning safida "Real" va "Bavariya" o'yinchilari bor, natija shundan.

Iordaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Jamal Sellami JCH-2026 1-turida Avstriyadan uchralgan mag'lubiyat (1:3) haqida fikr bildirdi. "Menimcha, natija Iordaniya terma jamoasi ko'rsatgan harakatlarni to'liq aks ettirmaydi, lekin shaxsan men ularning o'yinidan juda xursandman va faxrlanaman. Hech kim bizdan bunday jasorat, tashabbuskorlik va o'z imkoniyatlarimizdan foydalanishni kutmagandi. Biz Avstriyani mag'lub eta olmadik, chunki raqib safida "Real" [David Alaba] va "Bavariya" [Konrad Laymer] o'yinchilari bor", – dedi Sellami matbuot anjumanida.

Laymer va Alaba o'yinda samarali harakatlar bilan ajralib turishmadi. "Real" himoyachisi o'yinning 59-daqiqasida zaxiraga olindi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo