"Mundial Allplay bilan": "Last Dance". Ronaldu va Messi qaysi bosqichda to'qnash kelishlari mumkin? Barcha variantlar - hatto finalda ko'rishish imkoniyati ham bor!

16 iyun 2026, 18:45
2026 yilgi jahon chempionati, katta ehtimol bilan, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi uchun faoliyatlaridagi oxirgisi bo'ladi.

Tarixdagi eng buyuk futbolchilardan ikkitasi shu paytgacha JCH bahslarida hech qachon o'zaro to'qnash kelishmagan. Vaholanki, ularning ortida beshtadan jahon chempionati (2006, 2010, 2014, 2018 va 2022) turibdi. Ammo bo'lajak musobaqada bizda Argentina va Portugaliya o'rtasidagi afsonaviy jangni ko'rish uchun ajoyib imkoniyat mavjud! Ronaldu va Messi to'qnashuvini qaysi holatlarda va qachon kutishimiz mumkinligi haqida so'z yuritamiz.

"JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul". Promokodni faollashtirish HAVOLASI

Birinchi ssenariy - chorak final

Eng ko'p kutilayotgan va eng mantiqiy syujet. Buning uchun Argentina va Portugaliya terma jamoalari o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallashlari kerak. Eslatib o'tamiz, amaldagi chempionlar (Argentina) guruhda Avstriya, Jazoir va Iordaniya bilan o'ynaydi. Portugaliyani esa O'zbekiston, Kolumbiya va DR Kongoga qarshi bahslar kutmoqda. Shunday ekan, har ikki terma jamoaning guruhda birinchi bo'lish ehtimoli yuqori.

Keyingi bosqichda - Messi va Ronaldu o'z jamoalarini 1/16 va 1/8 finaldan olib o'tishlari lozim. Hozircha ushbu bosqichlarda Argentina va Portugaliyaga kim raqiblik qilishini aniq aytib bo'lmaydi (chunki hamma narsa uchinchi o'rinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxshi 8 tasi saralab olinganidan keyin ma'lum bo'ladi). Ammo bu terma jamoalarning maqsadi va tarkib darajasiga qarasak, ular ushbu bosqichga yetib borishga majbur. Shuningdek, jamoalardan biri guruhda ikkinchi, narigisi esa uchinchi o'rinni egallasa ham ushbu bosqichda to'qnash kelib qolishlari mumkin (bu uchinchi o'rindagi kuchli 8 talik ro'yxatiga bog'liq).

gettyimages-2178621527-2048x2048.jpg

Ikkinchi ssenariy - final

Portugaliya - Argentina o'rtasidagi final qanchalik tarixiy va hayajonli bo'lishini tasavvur qilish ham qiyin. Bunday syujet qarshisida hatto eng mashhur kinorejissyorlar ham lol qolishi aniq. Opta superkompyuteri ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyaliklarning finalga chiqish imkoniyati - 14,4%, argentinaliklarniki esa - 17,15% ni tashkil etmoqda. Bu umumiy ro'yxatda beshinchi va to'rtinchi ko'rsatkich demakdir, yani imkoniyatlar yomon emas.

Messi va Ronaldu finalda to'qnash kelishlari uchun jamoalardan biri o'z guruhida birinchi, ikkinchisi esa ikkinchi o'rinni egallashi kerak. Shunda Argentina va Portugaliya pley-off setkasining ikki xil tomoniga tushib qoladi va 1/16, 1/8 final, chorak final hamda yarim final orqali bir-birlari tomon harakat qiladi. Agar har ikki terma jamoa o'z guruhlarida uchinchi o'rinni band etib, eng yaxshi 8 ta jamoa qatoriga kirsa ham finalda o'zaro o'ynashlari mumkin. Ammo bu variant juda ham fantastik ko'rinishga ega.

gettyimages-2280305003-2048x2048.jpg

Uchinchi ssenariy - 1/8 final

Chorak finaldagi to'qnashuvga qaraganda biroz kamroq kutilayotgan, ammo real variant. Ronaldu va Messi jangini 1/8 finalda ko'rish uchun ularning terma jamoalari guruhda ikkinchi o'rinni egallashlari va pley-offning ilk bosqichidan (1/16 finaldan) muvaffaqiyatli o'tishlari kifoya.

Muqobil variantlar ham bor

Eslatib o'tamiz, 1/16 finalga 12 ta guruhdan eng yaxshi ikkitadan jamoa va uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi 8 ta terma jamoa yo'l oladi. Jami - 32 ta jamoa. Agar Argentina/Portugaliya juftligidan biri o'sha kuchli sakkizta uchinchi o'rin egalari qatoridan joy olsa, ikkinchisi esa o'z guruhida birinchi bo'lsa, unda pley-offning ilk bosqichidayoq o'zaro o'yin guvohiga aylanishimiz mumkin. Biroq bu yerda hamma narsa FIFAning kombinaciyalar jadvaliga bog'liq bo'ladi. Bunday variantni 100 foiz kafolatlab bo'lmaydi.

gettyimages-459227716-2048x2048.jpg

"JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul". Promokodni faollashtirish HAVOLASI

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com