

Guruh bosqichining 1-turida fransiyaliklar 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Fransiya terma jamoasi hujumchisi Mbappe o'yinda dubl qayd etdi.
"Ey Xudoyim, ey Xudoyim! Nimani xohlayapsan? To'pni o'zi senga kelib qolishinimi? Nimani xohlayapsan? Ey Xudoyim, aqlbovar qilmas pas… Hatto himoyachilar ham bunga hech narsa qila olmadi… Mbappe bilan bog'liq muammo shunda: u har bir to'pni o'ziniki qilmoqchi. U jamoadoshlari bilan o'ynashi kerak, ammo u jamoa uchun o'ynamayapti", – dedi Makelele DAZN efirida.



