

Milliy jamoa himoyachisi Avazbek O'lmasaliev oldindagi bahs oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Tayyorgarlik ajoyib. Hamma tayyor. Birinchi o'yinni barcha intiqlik bilan kutyapti. Duo qilib tursangiz hammasi yaxshi bo'ladi",- deydi Avazbek O'lmasaliev.
- Yakuniy tarkibga kirishingizga fikringiz. Avazbek O'lmasaliev tortmaydi deganlarga nima degan bo'lardingiz?
- O'yin bilan ko'rsatamiz. To'g'risi, hech kim kutmagandi. Lekin ichimdan xohish kuchli edi. Buyog'iga bosamiz. Fabio bilan gaplashmaganman. Oxirigacha kurashdim va tarkibdan joy oldim.
- Ronalduni qo'riqlash, Kolumbiyaning yulduz futbolchilariga qarshi kutilmalaringiz qanday?
- Ular ham bizga o'xshagan odam. Qo'rqish yo'q, istalgan raqib bilan o'ynashga tayyormiz. Gol ursam qanday nishonlashni o'ylab qo'yganman, qo'ng'iroq qiladigan odamlarim bor.


