"Faqat bir narsadan afsusdaman". Gvardiola "Manchester Siti"dagi faoliyatida bitta futbolchiga imkon bermagani haqida gapirdi

23 may 2026, 08:04
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubdagi 10 yillik faoliyati davomida qaysi bir ishni o'zgartirgan bo'lishini so'zlab berdi.

22 may kuni "shaharliklar" ispaniyalik mutaxassis mavsum yakunida jamoadan ketishini e'lon qilishgandi.

"Bir narsani tan olmoqchiman, men faqat bir ishdan afsusdaman - Jo Xartga o'zini ko'rsatishi, qanchalik yaxshi darvozabon ekanligini isbotlashi uchun imkoniyat bermadim. Hozir o'ylab turib, unga shunday degan bo'lardim: "Yaxshi, Jo. Kel, birgalikda ishlab ko'ramiz? Agar o'xshamasa, mayli, hech bo'lmasa urinib ko'rdik deymiz". Bazan men etarlicha adolatli bo'lmagan qarorlar qabul qilaman", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi Sky Sports.

Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yilning yozida boshqargan edi. Darvozabon Jo Xart esa "shaharliklar" sharafini 2006 yildan 2018 yilgacha himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports