La Liga yetakchilari "Manchester Siti" yulduzi uchun kurashga kirishdi

Sherzod Nurmatov
21 may 2026, 16:00
Silva mavsum oxirida "Manchester Siti"ni tark etadi va endi portugaliyalik pleymeyker faoliyatining keyingi bosqichi borasida muhim qaror qabul qilishi kerak.

"Marca" nashrining xabar berishicha, uning transferi uchun "Real" va "Barselona"dan tashqari yana bir yirik klub "Atletiko" qo'shildi. Uni Antuan Grizmannga o'rinbosar sifatida ko'rayotgan madridliklar uni erkin agent sifatida qo'lga kiritmoqchi.

"Jirona"ga qarshi uy o'yinida Grizmann "Metropolitano" stadionida "Atletiko" muxlislari bilan xayrlashdi.

Bernardu ushbu mavsum "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 52 o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 31 yoshli portugaliyalik futbolchi hozirgi klubida 2017 yildan beri o'ynab kelmoqda va uning shartnomasi iyun oyida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca