Kongo DR Jahon chempionatiga bora olmasligi mumkin

23 may 2026, 00:55
Jahon chempionati start oldidan guruhdoshimiz Kongo DRda jiddiy muammo kuzatilmoqda.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Ebola virusi mamlakatda keng avj olgan va shu boisdan 177 nafar inson hayotdan ko'z yumgani tasdiqlangan.

AQSH hukumati esa ayni damda terma jamoa futbolchilarining izolyaciyada bo'lishini talab qilmoqda. Aks holda futbolchilar Jahon chempionatida ishtirok eta olishmaydi.

Turnir 11 iyun kuni start oladi. Terma mundialdagi ilk bahsini esa 17 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.

Kongo DR termasining O'zbekistonga qarshi bahsi esa 28 iyun tongida o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia