"Real" Mourinyu uchun "Benfika"ga 3 mln evro tovon puli to'ladi

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 01:15
Madridning "Real" klubi Joze Mourinyu transferi bo'yicha "Benfika" bilan kelishuvga erishdi.

Avvalroq, madridliklar yaqinlashib kelayotgan yakshanba yoki dushanba kuni portugaliyalik mutaxassisning bosh murabbiy lavozimiga qaytganini rasman e'lon qilishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sky Sport Italia nashrining ma'lum qilishicha, Ispaniya grandi 18 may kuni lissabonliklar hisobiga 63 yoshli mutaxassisning shartnomasida ko'rsatilgan 3 million evro miqdoridagi tovon pulini o'tkazib bergan. Endilikda "Real" Mourinyu bilan rasmiy shartnoma imzolashi uchun hech qanday to'siq qolmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia