

“O'ylaymanki, bu shunchaki “ko'rishguncha”. Men doim Madridni uyim deb bilganman, 20 yildan buyon shunaqa.
Navbatdagi bahs “Real” boshqaruvidagi oxirgi o'yinim bo'ladi. Bu aynan shu jamoa tarixidagi oxirgi o'yinimmi yoki yo'q, bilmayman. O'yindan rohat olishga va g'alaba qozonishga harakat qilaman”, – dedi Arbeloa.
43 yoshli mutaxassis jamoani 13 yanvardan beri boshqarib kelayotgandi.
Avvalroq “Real”ga Xabi Alonso ustozlik qilgan edi. U yangi mavsum “Chelsi”da ishlaydi.



