Gavi Valverde va Tchuameni o'rtasidagi mushtlashuv haqida: "Orelenni "Klasiko"da maydonga tushirish xato edi"

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 18:47
"Barselona" yarim himoyachisi Gavining fikricha, "Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Federiko Valverde bilan mushtlashib ketganidan so'ng Orelen Tchuamenini "Klasiko"da maydonga tushirmasligi kerak edi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real"ning 7 may kungi mashg'ulotida futbolchilar o'zaro mushtlashib ketishgani, natijada Valverde shifoxonaga yotqizilib, unga choklar qo'yilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Klub har ikki o'yinchini 500 ming evrodan jarimaga tortgan.

Valverde ushbu janjal oqibatida olgan bosh miya jarohati tufayli "Klasiko"ni o'tkazib yubordi. Tchuameni esa La Liganing 35-turidan o'rin olgan va "Barselona"ning chempionlikni rasmiylashtirishi bilan yakunlangan uchrashuvda (0:2) "Real" boshlang'ich tarkibida maydonga tushdi.

"Menimcha, mashg'ulotlarda ertami-kechmi jamoadoshlar o'rtasida bunday to'qnashuvlar baribir sodir bo'lib turadi - bu raqobat va qaysidir manoda buning yomon joyi yo'q. Ammo agar ish mushtlashuvgacha yetib borsa, unda murabbiy bunday o'yinchilarni maydonga tushirmasligi lozim.

Agar ular haqiqatan ham urishishgan bo'lsa, fikrimcha, Tchuamenini qaydnomaga kiritish va uni o'yinga tashlash xato bo'ldi. Biroq voqea aslida qanday yuz berganidan to'liq xabardor emasman", - dedi Gavi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo