Joze Mourinyu: "Siti" ishi bo'yicha yakuniy qaror chiqqunicha men 80 yoshga to'laman"

8 okt 2026, 21:25
"Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Manchester Siti"ning APL moliyaviy qoidalarini buzgani bo'yicha ishi yuzasidan hazilomuz fikr bildirdi.

Mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni moliyaviy qoidalarni buzishda aybdor deb topgani, biroq klubga nisbatan yakuniy jazo hali belgilanmagani xabar qilingan.

"Bu yerda faqat kulish mumkin. Menimcha, oxir-oqibat baribir biz kutgan narsalar bo'ladi. Ammo oltmish yoshdan oshganimni hisobga olsak, yakuniy qaror chiqarilguncha yetib borish uchun menga omad kerak bo'ladi.

Avvaliga qaror chiqadi, keyin apellyaciya bo'ladi... O'sha paytga kelib men 80 yoshga to'lgan bo'laman", - dedi Mourinyu Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal