

"Olimpik" yosh jamoa bo'lishiga qaramasdan barcha jamoalarga qiyinchilik tug'dirmoqda. G'alabadan xursandmiz. Hisobimizga navbatdagi muhim uch ochkoni yozdirib qo'ydik. Buning ahamiyati juda yuqori. Har qanday ochko turnir jadvalidagi o'rnimizga ta’sirini o'tkazadi.
"Bunyodkor" bilan bahsda bitta gol farqi bilan yutqazgan edik. "Olimpik" bilan esa bitta gol g'alaba keltirdi. Maqsadimiz o'tgan yilgidan ham yaxshiroq o'rinni egallash, pastga tushib ketishga haqqimiz yo'q. Bizdan muxlislar yuqori natijalar kutishadi",- deydi Siyavash Haqnazariy.



