

Avvalroq Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida kabellashtirish ishlari yakunlangani haqida xabar berilgandi.
Endilikda Olmaliq SM hamda Xorazm SM stadionlarida ham integraciyalashgan kabellashtirish loyihasining asosiy bosqichlari yakunlandi. Hozirga qadar mazkur stadionlarda optik gibrid kabellashtirish tizimining asosiy qismi to'liq o'rnatildi. Ushbu dastur doirasida faqat audio kabellarni montaj qilish hamda Liga tomonidan loyihani yakuniy qabul qilish ishlari qolgan.

Rejalar to'liq yakunlangach, OKMK va Xorazm klublari stadionlari ham zamonaviy translyatsiya standartlariga javob beradigan integraciyalashgan kabellashtirish tizimiga ega stadionlar qatoridan o'rin oladi. Bu esa uchrashuvlarni yuqori sifatda translyatsiya qilish, VAR texnologiyasidan samarali foydalanish hamda stadionlarning xalqaro talablarga mos texnik infratuzilmasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, mazkur dastur doirasida Nukus shahrida rekonstrukciya qilinayotgan Aral klubining Turon stadionida ham zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilgan. Stadiondagi qurilish va ta'mirlash jarayonlarining yakuniy bosqichidan kelib chiqib, yaqin kunlarda integraciyalashgan kabellashtirish tizimini o'rnatish ishlari boshlanishi rejalashtirilgan.



