

Mazkur hujjatga ko'ra, saralash bosqichi uchun to'lovlar futbolchi rasmiy uchrashuv qaydnomasiga kiritilgani bo'yicha to'lanadi. Saralash bosqichi uchun ajratilgan summa, avval xabar qilinganidek, 100 million AQSH dollarini tashkil etib, uning taqsimoti natijasida, klub har bir futbolchisining Jahon kubogi saralash bosqichidagi bitta uchrashuv qaydnomasiga kirgani uchun, taxminan, 2 362 AQSH dollari miqdorida kompensaciya oladi.
Liganing taqribiy hisob-kitobiga ko'ra, o'zbek klublari Jahon Kubogi saralash bosqichiga futbolchilarini yuborgani uchun yuqoridagi suratda ko'rsatilgan miqdorda kompensaciya oladi. Ushbu o'rinda, FIFAning yakuniy xulosalari turli sabablar yuzasidan Liganing taqribiy hisob-kitobidan biroz farq qilishi mumkinligini eslatib o'tamiz. Shuningdek, FIFA taqdim etgan cirkulyarga asosan, Jahon Kubogi saralash bosqichidagi uchrashuvlarda o'yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchi uchun uning maydonga tushgan yoki tushmaganidan qati nazar kompensaciya to'lab beriladi.
Shuningdek, Jahon Kubogi asosiy musobaqasi uchun FIFA tomonidan 250 million AQSH dollari ajratilgan bo'lib, klublar o'z futbolchilarining turnir yakuniy qaydnomasiga kiritilgan har bir kuni uchun taxminan 5 000 AQSH dollari miqdorida kompensaciya oladi. Klublarimizning Jahon Kubogi yakuniy bosqichida qancha pul ishlab topgani bo'yicha ma'lumot Liga tomonidan turnir yakunida alohida taqdim etiladi. Liga milliy jamoamizga musobaqada muvaffaqiyat tilagan holda, turnirda imkon qadar uzoqroqqa borish orqali klublarimiz o'z futbolchilari uchun yanada ko'proq kompensaciya pullari qabul qilishiga umid bildiradi.



