Shavkat Mirziyoev: "Jahon chempionatidagi ilk golimiz ham katta g'alaba"

18 iyun 2026, 17:15
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev JCH-2026 guruh bosqichining ilk turida Kolumbiyaga qarshi bahsdan so'ng milliy jamoani qo'llab-quvvatladi.

"O'zbekiston uchun tarixiy kun! Futbolchilarimiz juda katta tajribaga ega jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko'rsatdi. Biz uchun birinchi jahon chempionatida urilgan birinchi gol ham katta g'alaba", - dedi davlatimiz rahbari.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston MTJ bugun ertalab JCHdagi debyut uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Terma jamoamiz safidagi yagona golni Abbosbek Fayzullaev kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://t.me/shmirziyoyev