

- Jismoniy va texnik tomondan bu o'yin ikkala jamoa uchun ham shunday qiyin bo'lishini kutgandik. Taktik tomondan bu maydonda harakat qilish juda qiyin. Nimadir qilmoqchi bo'lsang, o'zgartirishga majbur bo'lasan. Bugun ikkala jamoa g'alaba uchun kurashdi va bunga xohishlari yuqori edi. Hozir tarkibimizda bir qancha asosiy futbolchilar yo'q. Shu sababli rotaciyada qiynaldik, o'zimizning eng zo'r tarkibimiz bilan kela olmadik.
- Temurxo'ja Abduxoliqov qanot hakami bilan ayrim vaziyatlarda tortishdi.
- Bunday holatlar barcha o'yinlarda bo'ladi. Ikkala tomon ham o'zi uchun haq, to'g'ri tomonni topib bo'lmaydi. Bunday holatlar bilan hakamlarning o'zlari shug'ullangani maqul. Bugun ayrim vaziyatlar bo'ldi-ki, biz uchun yoqimli bo'lmadi. Futbol shunaqa, muxlislar to'la stadionda hissiyotlarni boshqarish qiyin. Chegarada bo'lishga harakat qildik.
- Uch o'zgarishdan keyin jamoaning o'yini o'zgarib ketdi. Bu rejadagi o'zgarishlarmidi?
- Bizga nimalar yetishmayotganini ko'rdik va kimlar orqali bularni o'zgartira olishimizni tushundik. Shuhrat Muhammadiev o'zida biroz jarohat his qildi. Uni maydonda qoldirish - xavf ostiga qo'yish bo'lardi. Diyor Turopov anchadan buyon maydonga tushmagandi va unga amaliyot berishni istadik. 30 daqiqa yaxshi o'ynadi, uning jismoniy holati ko'proq daqiqalarga etmasdi. Menimcha zaxiralarni kechroq boshladik, deb o'ylayman.
- Asosiy tarkibning to'rt futbolchisi - Abraev, Shodiboev, Reimov va Ibraimovlar termalar yig'inlarida. Ularsiz tarkib tuzish qanchalik qiyin bo'ldi?
- Albatta, bizga qiyin bo'ldi. Ularning barchasi hujumkor futbolchilar va deyarli hujumchilar. Ular tezlikni oshirishda yordam berishadi. Bugun Turopov va Yaxshiboevdan tashqari zaxirada asosan yoshlar o'tirishdi. Bugun tarkibda bo'lmaganlarni hisobdan chiqarib turish juda qiyin bo'ldi. Oldimizda deyarli tanlov qolmagandi, mashg'ulotlarda ham ularning o'rni bilindi. Hali ular bir oy davomida tarkibda bo'lishmaydi. Bu ham bizga qiyinchiliklar tug'diradi.
- Ushbu o'yingacha "Navbahor" ketma-ket olti o'yinda g'alaba qozongandi. Ushbu jamoaning chempionlik imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Juda qiyin. Jadval yuqorisidagi ikki jamoa anchagina oldinlab ketgan. Ularni "ushlab olish" menimcha endi ilojsiz. "Navbahor" esa sifatli jamoa, ular jadvalning yuqori qismida bo'lishadi. Tarkibda yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Lekin baribir 1 yoki 2-o'ringa ko'tarilish juda qiyin, deb o'ylayman.
- Ushbu mavsumda "Lokomotiv" o'z oldiga qanday maqsad qo'yilgan? Jamoaning kuchli uchlikka kirish imkoniyati qanday?
- Barqaror jamoa qurishni maqsad qilganmiz. Yig'ilgan tarkibga ahamiyat bersangiz, tajribali futbolchilar orqali yosh futbolchilarni pishitib olishni maqsad qilganmiz. Ularga ko'proq imkoniyat bersak, kelgusi mavsumda ular bizga yaxshigina yordam berishadi. Oldimizga konkret maqsad qo'yilmagan.



