Mirko Yyelichich: "O'yin davomida sun'iy maydonga ko'nikib bordik"

20 avg 2026, 23:56
Superliganing 18-turi doirasida "Xorazm" - "Lokomotiv" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yyelichich qatnashdi.

- Og'ir o'yin bo'ldi. "Xorazm" o'z maydonida o'ynayotgani sababli oxirigacha kurashishini bilardik. O'yin davomida biz ham sun'iy maydonga moslashib bordik. O'tgan haftada Temurxo'ja Abduxoliqov bilan bog'liq holatdan keyin biz ham bunga ko'nikishimiz kerak. Bu holat jamoaga o'z ta’sirini o'tkazmay qolmadi. Lekin bugun o'zimizni ko'rsatib, yaxshi o'yin namoyish qilganimiz yoqimli bo'ldi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Keyingi o'yin uchun rejalar qanday?

- Har bir raqib o'zgacha. "Bunyodkor"ni o'rganib chiqamiz. Har yangi haftada yangi raqib, yangi tizimni ko'ramiz. Bilamiz, "Bunyodkor" hozir biroz og'irroq holatda. Ularni o'z maydonimizda qabul qilamiz. Yaxshi maydon, bunda "Bunyodkor" ham yaxshi o'yin ko'rsatadi. Biz esa tartibli bo'lishimiz kerak.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia