Mbappe Messining jahon chempionatlaridagi rekordiga munosabat bildirdi

23 iyun 2026, 14:50
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe argentinalik forvard Lionel Messining jahon chempionatlari tarixidagi gollar soni bo'yicha o'rnatgan tarixiy rekordiga munosabat bildirdi.

JCH-2026 2-turidan o'rin olgan Avstriyaga qarshi o'yinda (2:0) Messi dubl qayd etib, final turnirlaridagi o'zining 18-golini urdi va hisobida 16 ta gol bo'lgan Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Miroslav Klozeni ortda qoldirdi. Mbappening hisobida ham 16 ta gol mavjud.

"Leo doim gol uradi. U buni har doim qilgan va bundan keyin ham qiladi. Agar men Messining nima qilayotganini kuzatib o'tirganimda, yanada ko'proq kuch sarflashimga to'g'ri kelardi! Men bunga mutlaqo chalg'iyotganim yo'q. Faqatgina o'z terma jamoamga yordam berish haqida o'ylayapman", - deya Mbappening so'zlarini keltirmoqda X ijtimoiy tarmog'idagi TyC Sports.

O'xshash yangiliklar


Manba: TyC Sports