Mbappe JCH-2026 to'purari bo'lishni istaydimi? Kilian javob berdi

13 iyun 2026, 00:12
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylanish imkoniyati haqida fikr bildirdi.

"Agar jahon chempionatida birorta ham gol urmasdan turib jahon chempioni bo'lish taklif qilinsa, men rozi bo'lardim. Hatto bayramni birinchi bo'lib boshlagan bo'lardim.

Men ushbu jahon chempionatida ishtirok etayotganimdan juda mamnunman. Ayniqsa yosh futbolchilarga, ruhiy tomondan yordam berishga harakat qilyapman.

Eng yaxshi to'purarlar qatorida bo'lish yoqimli, ammo ularning ko'pchiligi mendan ancha katta yoshda. Albatta, men tarix yozishda davom etishni istayman", – dedi Mbappe.

27 yoshli fransiyalik hujumchi jahon chempionatlarida 12 ta gol urib bo'lgan. Musobaqa tarixidagi eng yaxshi natija esa Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Klozega tegishli bo'lib, u 16 ta gol muallifi hisoblanadi.

Fransiya terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichida Senegal, Iroq va Norvegiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Francuzlar o'zlarining ilk uchrashuvini 16 iyun kuni o'tkazadilar.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca