"Atletiko" Xulian Alvaresni "Barselona" sotib ololmaydigan narx qo'ydi

23 iyun 2026, 14:25
"Atletiko" rahbariyat, agar kataloniyaliklar shartnomada ko'rsatilgan tovon pulini to'lamasa, hujumchi Xulian Alvaresning "Barselona"ga transferiga rozilik bermoqchi emas.

Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchining "Atletiko" bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi, tovon puli esa 500 million evroni tashkil etadi.

Avvalroq argentinalik futbolchi Madrid klubini tark etishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Manbaga ko'ra, "Atletiko" "Barselona"ning barcha takliflarini qatiyan rad etmoqda va Kataloniya klubiga nisbatan sudga davo arizasi kiritish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bunga "Barselona"ning belgilangan reglamentlarni buzgan holda, to'g'ridan-to'g'ri o'yinchining oila a'zolari bilan muzokaralar olib borayotgani sabab bo'lgan.

"Variant yo'q, "Barselona" Xulianni sotib ola biladigan biron bir mablag' mavjud emas. U "Barselona"ga sotilmaydi. Yoki 500 million evro tovon pulini to'lang, yoki hech qanday kelishuv bo'lmaydi. Negreyra ishi va boshqa jamoalarning futbolchilari bilan bog'liq kelishuvlari sababli barchaga bu klubning firibgarliklari ayon. Biroq ular o'zlarining ustidan kulishlariga yo'l qo'ymaydigan klubga duch kelishdi", - deyiladi "Atletiko"ning AS nashri uchun bergan bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS