Akmal Xolmatov: "Hech kimdan kam joyimiz yo'q. Portugaliya faqat Ronalduga bog'liq emas"

Iskandarov Abdulaziz
23 iyun 2026, 13:16
O'zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi kutilayotgan tarixiy bahsi oldidan barchada turli fikrlar yangramoqda.


Saytimiz jurnalisti Abdulaziz Iskandarov sobiq futbolchi Akmal Xolmatovning bo'lajak uchrashuv borasida o'z fikrlari va kutilayotgan natijalar bilan qiziqdi.

"Terma jamoamizdan chiroyli o'yin kutyapman. Vakillarimiz o'tgan uchrashuvda namoyish etgan matonatli o'yinlari bilan hech bir jabhada grandlardan qolishmasliklarini amalda isbotlay olishdi. Navbatdagi raqib - Portugaliya terma jamoasi ham, shubhasiz, mahoratli futbolchilardan tarkib topgan jiddiy kuchdir. Biroq portugallarni faqat Krishtianu Ronalduning individual mahoratiga bog'lanib qolgan jamoa sifatida baholash xato bo'lardi. Bugungi bahsda milliy terma jamoamizga ulkan zafarlar yor bo'lishini tilaymiz. Butun O'zbekiston sizlarni qo'llab-quvvatlaydi!",- deydi Akmal Xolmatov.

Ma'lumot uchun, bellashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia