

"Odamlar unga nisbatan juda adolatsizlik qilishdi. Biz Kilianga nisbatan tanqidlarga haddan tashqari berilib ketyapmiz, vaholanki u ajoyib futbolchi. Mbappe maydondan tashqarida ham ajoyib inson, uni juda uzoq vaqtdan beri taniyman. Bazida odamlar uni faqatgina Kilian Mbappe bo'lgani uchun ham haddan tashqari qattiq tanqid qilishadi. Unga bunchalik talabchan bo'lish kerak emas. Xohlasa - butsasining bog'ichlarini bog'lasin, xohlamasa - yo'q. Xohlasa - getrilarini tepaga tortsin yoki pastga tushirib yursin. Bularning hammasi haddan tashqari ko'p va ortiqcha! Mbappe, birinchi navbatda, inson, shuningdek, yuqori mahoratli futbolchi. U bizning yetakchimiz, Fransiya terma jamoasi sardori va biz uchun juda muhim o'yinchi", - deya Dembelening so'zlarini keltiradi Actu Foot o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.



