

"To'g'risini aytsam, hozir bu o'yin meni unchalik qiziqtirmayapti! Biz keyingi bosqichga chiqdik - buni uddalay oldik va bu ajoyib, shuning uchun bu bahs men uchun unchalik ahamiyatli emas. Katta ehtimol bilan, ular bizni mag'lub etishadi va, katta ehtimol bilan, turnirda g'olib chiqishadi", - dedi Xoland.
Norvegiya terma jamoasi ikki turdan keyin olti ochko jamg'arib, I guruhida ikkinchi o'rinni egallagan holda pley-off yo'llanmasini naqd qildi. Birinchi o'rinda xuddi shunday olti ochko bilan Fransiya bormoqda. 26 iyun kuni Fransiya va Norvegiya o'zaro bahs olib borishadi.



