Mbappe Jahon chempionatlarida 13 va 14-gollarini urdi va Messi, Fonten hamda Peledan o'zib ketdi

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2026, 02:11
Mbappe Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purarlarning kuchli to'rtligiga kirdi.

Jahon chempionatlarida Kilian Mbappedan ko'proq gol urgan futbolchilar juda kam. Fransiya terma jamoasi hujumchisi JCH-2026 guruh bosqichi 1-turida Senegalga qarshi kechgan o'yinda (3:1) hisobni ochdi, o'yin yakunida esa dubl qayd etdi. Bu "Real" vakilining mundiallardagi 13- va 14-gollari bo'ldi. U ushbu musobaqada jami 15 ta o'yin o'tkazdi. Urilgan gollar soni bo'yicha Mbappe argentinalik Lionel Messi (13), fransiyalik Jyust Fonten (13) va braziliyalik Pele (12) natijalarini ortda qoldirdi. Xuddi shuncha golga germaniyalik Gerd Myuller ham ega. Undan ko'proq gol urgan yagona futbolchilar - germaniyalik Miroslav Kloze (16) va braziliyalik Ronaldo (15).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Wikipedia