Portugaliya – O'zbekiston uchrashuvi sababli Qirg'iziston poytaxtidagi asosiy ko'chalar yopiladi

Оқил Абдубарноев
23 iyun 2026, 12:30
Bugun, 23 iyun kuni Portugaliya – O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi. Bishkek shahar meriyasining xabar berishicha, o'yinni ommaviy tarzda tomosha qilish uchun T. Usubaliev nomidagi maydonda maxsus fan-zona tashkil etiladi.

Tadbir o'tkazilishi munosabati bilan shaharning ko'pgina markaziy ko'chalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi.

Maydonda ulkan ekran o'rnatiladi va barcha muxlislar sport bayrami muhitida o'yinni birgalikda tomosha qilish hamda jamoalarni qo'llab-quvvatlash imkoniga ega bo'lishadi.

Shahar mamuriyati barchani katta futbol hayajonidan zavqlanib, ushbu oqshomni hamfikr muxlislar davrasida o'tkazishga taklif etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Кактус Медиа