

Bugun Fransiya terma jamoasining 27 yoshli hujumchisi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turidan o'rin olgan "Inter"ga qarshi o'yin oldidan murabbiy Joze Mourinyu bilan birgalikda matbuot anjumanida ishtirok etdi.
OAV bilan muloqot boshlanishidan oldin Kilian qarshisida turgan, YCHLga homiylik qiluvchi Amerikaning PepsiCo transmilliy korporaciyasiga tegishli Gatorade ichimligini stol ostiga olib qo'ydi. Oradan ko'p o'tmay, jahon chempioniga savol berilayotganda kimdir yana ichimlikni uning qarshisiga qo'ydi. Mbappe xotirjam qiyofada ikkinchi shishani ham stol ostiga olib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020 vaqtida murabbiy Fernandu Santush bilan o'tkazilgan matbuot anjumanida Portugaliya terma jamoasi sardori Ronaldu Coca-Cola'ning ikkita shishasini o'zidan chetga surib qo'ygan edi. U suv solingan shishani ko'tarib, gazlangan ichimlik emas, aynan suv ichish kerakligini shama qilgan edi.



