

– Siz va Vinisius maydonda bir-biringizga mos kelmasligingiz haqida bahslar bor. Bu haqda nima deysiz?
– Bilmadim... Bu shunchaki "Real" atrofidagi millionlab fikrlardan biri, chunki bu dunyodagi eng mashhur va eng katta klub. Men boshqalar aytayotgan hamma narsani nazorat qila olmayman.
Bizda umumiy maqsad bor - "Real" o'yinlar va sovrinlarni yutishi kerak. Biz faqat o'z qo'limizdan keladigan narsalarni nazorat qilishga harakat qilamiz, odamlarning fikrini esa nazorat qila olmaymiz. Ammo aytilayotgan gaplarga quloq solishimiz mumkin. Va biz hamisha oldinga intilishga, yanada yaxshiroq bo'lishga harakat qilamiz.
– Siz, Vinisius va Bellingemning eng yaxshi sport formangizni namoyish etish borasida Mourinyu bilan ishlash qanday kechmoqda? Maydondagi o'zaro tushunishingiz atrofida bahslar ketayotganini tushunasizmi?
– Bilmadim... Menda har bir o'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan 11 nafar futbolchining eng yaxshi formasini shakllantirish bo'yicha uzoq muddatli qarash mavjud. Men qaysidir o'yinchilarni jamoadan chiqarib tashlash manosida gapirmayapman.
Odamlarga, jurnalistlarga bu narsa yoqishini bilaman va bu mutlaqo normal holat, chunki bu hamisha yaxshi sotiladi, ammo... Sizni bilmadim-u, lekin men har doim jamoa haqida yagona bir butun sifatida o'ylash tarafdoriman.
Biz yanada yaxshiroq bo'lishimiz, mavsumda bizni kutayotgan va biz yutishimiz kerak bo'lgan sovrinlar taqdirini hal qiladigan lahzalarga tayyor bo'lishimiz mumkin, – dedi fransiyalik futbolchi.



