

– Tiklanish uchun vaqtimiz kam edi ["Napoli" bilan o'yindan so'ng], ammo biz ushbu nufuzli musobaqadagi startga tayyormiz. Muhim stadionda munosib raqibga qarshi ajoyib o'yinga tayyormiz. Maqsad - natijaga erishish.
– "Real" – kuchli jamoa. Ammo so'nggi yillardagi YCHLdagi ishtirokingizni hisobga olgan holda, teng imkoniyatlar bilan start olayotganingizni his qilyapsizmi? – Ha, biz bir necha yilni yuqori darajada o'tkazdik, uch marta finalga chiqdik (2020 yildan beri ikki marta YCHLda va bir marta ELda) va o'sayotganimizni uzluksiz ko'rsatib keldik.
"Real"da juda kuchli o'yinchilar bor, ammo bizning ham o'z kuchli tomonlarimiz mavjud. Va biz ular bilan raqobatlasha olishimizni bilamiz.
– Sizning sovrinlaringiz orasida Chempionlar ligasi kubogi yo'q. Bu haqda orzu qilasizmi? Bu siz uchun alohida motivaciyami? – Har yili men o'z oldimga turli xil maqsadlarni qo'yaman - Italiya Kubogi va Superkubogidan tortib, chempionat va Chempionlar ligasigacha, chunki katta klubda barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni yutish uchun o'ynaysan.
Ertaga esa intilish kerak bo'lgan yangi maqsad sari yo'l boshlanadi, – dedi Argentina terma jamoasining 29 yoshli hujumchisi.



