

- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalo "Jayxun"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun yaxshi o'yin bo'ldi, faqat bizga omad yetishmadi.
- Bugun jamoangiz ikkinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Zaxiradan yangi kuchlarni tushirdik va ular o'yinga qo'shishdi. Zaxiradan tushganlar bahsga tez kirishib keta olishdi. Umuman olganda jamoamiz yomon o'ynamadi. Bilasiz, sun'iy maydonda to'p tepish qiyin, shunga qaramay o'zimizni ko'rsatishga harakat qildik.
- "TerDU"da moliyaviy muammolar borligidan hamma xabar topib bo'ldi. Jamoa ushbu mavsumni oxirigacha etkazib qo'ya oladimi? Safar o'yinlariga pul topiladimi?
- Chindan ham moliyaviy ahvolimiz og'ir. Universitet pul bermayapti. Safar o'yinlarida o'zimizning akamiz Jasur aka yordam beryapti. Nasib qilsa mavsumni yaxshi natija bilan tugatamiz.



