Kivu "Real"ga qarshi o'yin haqida: "Inter" "Bernabeu"da 60 yildan beri g'alaba qozonmagan"

Aslanov Jasurbek
8 sen 2026, 01:00
"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan o'z kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

"Bizda ushbu klub tarixida muhim sahifalarni yozish majburiyati bor. So'nggi yillarda ushbu klub yuqori standartlarga erishdi, biz tarixning yangi sahifalarini yozishimiz kerak.

Mourinyu men uchun alohida inson, u bilan uchrashganim katta omad bo'lgan. U hayotimning eng og'ir damlarida menga yordam qo'lini cho'zgan, men buni hech qachon unutmayman.

Men hech qachon hech kimdan nusxa ko'chirmaganman, futbolchilik faoliyatim va yoshlar sektorida ishlagan yillarimda shakllangan o'z futbol g'oyam bor, u yerda menga hozirgi yillarda qo'l kelayotgan narsalarni tajriba qilib ko'rish imkoniyati bo'lgan edi.

"Bernabeu"da o'ynash hech kim uchun hech qachon oson bo'lmagan. "Inter" bu yerda 60 yildan beri g'alaba qozona olmayapti. Ko'pgina jamoalarga bu yerda g'alaba qozonish qiyin bo'lgan, biz qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz, ammo o'zimizga xos o'yin uslubidan voz kechmaymiz: biz ustunlik qilishni, o'sganimizni ko'rsatishni xohlaymiz. Va "Real"ga qarshi turishning mukammal usuli mavjud emas", – dedi Kivu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: FCInter1908