

Simone Indzagi jamoasi bugun Saudiya Arabistoni ligasining 6-turida o'z maydonida NEOMga imkoniyatni boy berdi (0:2).
“Al Hilol” - NEOM 0:2
Gollar: Kulibali 15 (avtogol), Kone 45.
Ar-Riyod klubi 2025 yilning aprelidan beri ilk bor mag'lub bo'ldi. Mag'lubiyatsiz seriya 47 ta o'yinni tashkil etdi va o'tgan butun chempionatni o'z ichiga olgan edi.
"Al Hilol" ayni damda jadvalda peshqadamlikni saqlab turibdi - unda 15 ochko bor, ushbu turda hali maydonga tushmagan "Al Nassr" va "Al Qodisiya" hisobida esa 12 ochkodan mavjud.



