Rossiya. "Rubin" va "Axmat" RPLning 7-tur o'yinida durang o'ynashdi

Aslanov Jasurbek
7 sen 2026, 23:51
Rossiya Premer-ligasi 2026/2027 yilgi mavsumining 7-tur o'yini o'z nihoyasiga etdi, unda Qozonning "Rubin" va Grozniyning "Axmat" klublari to'qnash kelishdi.

Jamoalar durang o'ynashdi - 1:1. Uchrashuv Qozondagi "Ak Bars Arena" stadionida bo'lib o'tdi. Bosh hakam sifatida Saransklik Evgeniy Bulanov ishladi. O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Jahongir O'rozov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va bahsda to'liq ishtirok etdi.

"Rubin" - "Axmat" 1:1
Gollar: Sive 26 - Kasintura 56.

"Ak Bars Arena". 21:30

"Rubin": 38.Staver, 51.Rojkov, 13.Jahongir O'rozov, 2.Teslenko, 98.Lobov, 12.Arroyo, 22.Xodja, 77.Yukich, 71.Samoshnikov, 23.Bezrukov, 45.Sive.

Zaxira: Nigmatullin, Korec, Maldonado, Nijegorodov, Vuyachich, Ignatev, Gricaenko, Kabutov, Ivu, Yochich, Nacho, Motorin.

26-daqiqada Jak-Jyulen Sive penaltini aniq amalga oshirib, qozonliklarni oldinga olib chiqdi. 56-daqiqada Egash Kasintura hisobni tenglashtirdi.

"Rubin" ettita o'yin yakunlariga ko'ra 10 ochko jamg'arib, turnir jadvalida sakkizinchi o'rinni egallab turibdi. "Axmat" esa 11-o'rinda bormoqda. Grozniyliklar hisobida etti ochko bor.

Rossiya chempionatida "Krasnodar" (19 ochko) peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o'rinni SSKA (15) egallagan, yetakchilar uchligini Moskvaning "Dinamo" (13) klubi yakunlab bermoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia