

18 yoshli Kleman L. "Real" hujumchisi Kilian Mbappe bilan birga bir qancha badavlat kishilarni talon-toroj qilish yoki o'g'irlab ketish rejalari sababli qamoqqa olindi.
Le Parisien nashrining xabariga ko'ra, Kleman L. 26 kishiga nisbatan noqonuniy harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirgan to'daning yetakchisi bo'lgan. Mbappedan tashqari, nomi oshkor qilinmagan reper, go'sht savdogari va biznesmenlar ham ehtimoliy qurbonlarga aylanishi mumkin edi. Kleman ijtimoiy tarmoqlarda "Lester Z" taxallusi ostida sheriklariga buyruqlar bergan.
21 avgust kuni Kleman o'z sheriklaridan biri bilan birgalikda aprel oyida sodir etilgan soatsozni talon-toroj qilish bo'yicha rasman ayblandi. Musodara qilingan telefonlar o'rganib chiqilgach, u 11 apreldan 19 avgustgacha bo'lgan davrda yana bir qancha talonchilik yoki o'g'irliklarni rejalashtirgani ma'lum bo'ldi.
Kleman hibsga olinib, bir kishilik kameraga joylashtirildi, uning ehtimoliy sherigi esa ozod qilindi, ammo sud nazorati ostida qoldi.



