Mourinyu Mbappe haqida: "Haqiqatan ham o'zga sayyoralik darajasidagi futbolchi"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2026, 17:33
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening darajasi haqida fikr bildirdi.

– Siz Madridning "Real" klubi nima ekanini tushunib etdingiz. Ayting-chi, so'nggi yillarda "Real"da kuzatganingiz Mbappe - siz ko'rishni kutgan o'sha futbolchimi?
– Mbappe ajoyib. Bazida u mashg'ulotlarda meni kulishga majbur qiladi. – Nima uchun? – Chunki u juda ham kuchli. U haqiqatan ham o'zga sayyoralik darajasidagi futbolchi, - dedi Mourinyu El Chiringuito'ga bergan intervyusida.

Iyul oyida Joze Mourinyu "Real" bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mbappe madridliklar klubida 2024 yilning iyul oyidan beri o'ynab kelmoqda, shartnoma 2029 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito