Mbappe "Oltin to'p" haqida: "Men eng kuchlilar o'ynaydigan eng muhim turnirlarning eng yaxshi to'purari bo'ldim. Mukofotlanishim kerak"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2026, 23:11
Kilian Mbappe o'zini "Oltin to'p"ga asosiy da'vogar deb hisoblaydi.

"Menda bu yil uni yutishim mumkinligi haqida his-tuyg'u bor, shuning uchun chekkada turmayman.

Bu yakka tartibdagi mukofot. Futbolchining yakka tartibda nima qilganiga qarashadi. Odamlar meni trofeylar yuta olmagan deyishadi, lekin men "Oltin to'p"ni kimdir bir ovozdan olganini va hamma narsaga hamisha mos kelganini ko'rmaganman. Kimdir qachondir 100% ovoz bilan yutganini bilmayman. Bu degani, hamisha o'sha inson bunga loyiq emas edi deb hisoblaydigan kimdir topiladi.

Jahon kubogi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish, mavjud bo'lgan eng muhim turnirda sportning barcha buyuk afsonalarini ortda qoldirish – bu xotirada muhrlanib qoladigan, jahon miqyosidagi voqeadir. Dunyoning eng kuchlilari o'ynaydigan eng muhim musobaqalarni eng yaxshi to'purar maqomida yakunlash – bu muhim. Bunday hikoyalar hamisha mukofot bilan tugashi kerak", – dedi "Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi France Football ga bergan intervyusida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca