Gvardiol Mareska haqida: "Enco "Siti" uchun ideal murabbiy, uni tasodifan tanlashmagan. Biz unga yordam berishimiz va yangi g'oyalarga moslashishimiz kerak - bu vaqt talab qiladi"

2 avg 2026, 17:35
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiolning takidlashicha, klub Enco Mareska timsolida Pep Gvardiolaning o'rinbosarini to'g'ri tanlagan.

“Daraja juda yuqori va Enco murabbiy sifatida tasodifan tanlanmagan. O'ylaymanki, unda sifat bor, bir qator yangi g'oyalar bor. Shuningdek, o'yin uslubi, o'ynaydigan futbol, taktika va boshqa narsalar bilan nima qilishimizni ko'rib chiqishimiz kerak. Menimcha, u ideal variant, lekin, albatta, vaqt kerak.

Bu mutlaqo yangi narsa, murabbiyni almashtirish oson emas, shuning uchun bizga vaqt kerak bo'ladi. Bizning vazifamiz unga iloji boricha ko'proq yordam berish, shuningdek imkon qadar tezroq moslashishga harakat qilish uchun uni tinglashdir. Men u bilan uchrashdim, jarohatim haqida biroz suhbatlashdik, shuningdek qanday o'ynaganimiz, ilgari Pepe bilan qanday o'ynaganim haqida gaplashdik, umuman olganda shu xolos”, - dedi Gvardiol.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal